Сайт находится на реконструкции

В настоящее время мы работаем над своим сайтом

Loading
SFI Management Group – bu muvaffaqiyatga yo'nalgan kompaniya
(78) 150-30-70, 150-30-80
Yagona telefon raqami
O'zbekiston, Toshkent sh., Bunyodkor ko'chasi 42/1
O'ZVTORTSVETMET

«O'zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati yoki «O'ZVTORTSVETMET» AJ Markaziy Osiyoda rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash, rangli metallar qotishmalari va xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi yagona ixtisoslashtirilgan korxona hisoblanadi.

Korporativ menejmentning ilg'or usullarini joriy etish hisobiga «O'zvtortsvetmet» AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, va shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 sentyabrdagi 735-sonli qaroriga muvofiq «O'zvtortsvetmet» AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi «SFI Management Group» MCHJ XK ning ishonchli boshqaruviga topshirildi.

Bugungi kunda «O'ZVTORTSVETMET» AJ – bu respublika bo'yicha tayyorlov tashkilotlarining keng tarmog'iga ega bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini sifatli rangli metallar bilan ta'minlaydigan zamonaviy korxonadir.

Menyu