Сайт находится на реконструкции

В настоящее время мы работаем над своим сайтом

Loading
SFI Management Group – bu muvaffaqiyatga yo'nalgan kompaniya
(78) 150-30-70, 150-30-80
Yagona telefon raqami
O'zbekiston, Toshkent sh., Bunyodkor ko'chasi 42/1

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O'zbekistonda mis ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi. Korxona rafinlangan mis, rux, molibden, qo`rg`oshin kontsentrati va boska mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

«Olmaliq KMK» AJ ulushiga respublikada ishlab chiqarilayotgan kumushning 90 foizi va oltinning 20 foizi to`g`ri keladi. 2018 yil avgust oyidan boshlab korxonaning davlat ulushi «SFI Management Group» MCHJ xorijiy kompaniyasining ishonchli boshqaruviga topshirildi.

«Olmaliq KMK» AJning 2022 yilga qadar barcha tarkibiy bo'linmalarini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish dasturi ikki milliard dollardan ziyod investitsiyalarni sarmoyalshtirishni ko`zda tutadi. Unda mis boyitish fabrikasi, mis eritish va rux zavodlari, Angren kon boshqarmasi va boshqa asosiy tsexlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish belgilangan. Bu, o`z navbatida, ma'nan va jismonan eskirgan quvvatlarni chuqur modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.

Ushbu dasturning amalga oshirilish natijasida «Olmaliq KMK» AJ rangli va qimmatbaho metallar, shuningdek, boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada ko`tarish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish, hamda bir qator muhim ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini qo`lga kiritadi.

Rasmiy sayti – http://agmk.uz/index.php/ru/

Menyu